Tramp Putin bilan iliq munosabatda ekanidan kelib çiqsak, Zelenskiy aynan AQŞga safari çoğida Putinning qarorgohiga hujum qilişdek provokatsion harakatga ruxsat yo buyruq bergani mantiqqa töğri kelmaydi, deydi siyosatşunos Farhod Tolipov. Kamoliddin Rabbimovga köra, heç qanaqa dalil körsatilmagani tufayli Rossiya özi uçun bahona tayyorlab qöygani haqidagi versiya örtaga çiqmoqda.
Ukraina prezidentining AQŞga safariga fonida, Rossiya tomoni jiddiy ayblov bilan çiqdi: göyoki ukrainlar 91 ta dron bilan Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qilgan. Moskva buni “davlat terrorizmi” deb atadi, lekin dalillar taqdim etmadi. Kiyev esa bu gaplarni mutlaqo rad etmoqda.
Kun.uz bu boradagi savollar bilan siyosatşunoslar Farhod Tolipov va Kamoliddin Rabbimovga yuzlandi.
“Agar hujum haqiqatan röy bergan bölsa, uni isbotlaş qiyin emasdi”
Kamoliddin Rabbimov:
— Rossiya tomoni Ukraina Vladimir Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum uyuştirgani haqida bayonot berdi, biroq hozirga qadar uşbu hujumni tasdiqlovçi aniq dalillar, yetkazilgan zarar yoki jabrlanganlar haqida işonçli ma’lumotlar taqdim etilmadi. Mazkur bayonotlar AQŞda Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy örtasida tinçlik muzokaralari bölib ötayotgan bir paytga töğri keldi.
Rossiya Ukrainani uruş boşidan beri amal qilib kelinayotgan norasmiy “öyin qoidalari”ni buzişda ayblaşga urinmoqda. Gap 2022 yil fevralida, bir qator davlatlar vositaçiligida kelişilgan tamoyillar – ya’ni prezident qarorgohlari, markaziy davlat institutlari va oliy hokimiyat obektlariga hujum qilmaslik masalasi haqida ketmoqda. Şu vaqtgaça uruş asosan çegara hududlari hamda strategik infratuzilma obektlariga zarbalar beriş orqali olib borilgan. Ukraina Rossiyaning neft zavodlari va boşqa strategik infratuzilma obektlariga hujumlar uyuştirgan bölsa, Rossiya ham javoban Ukrainaning energetika va muhim sanoat inşootlariga keng kölamli zarbalar berdi. Biroq Moskva endi vaziyatni yangi bosqiçga olib çiqişga urinib, Ukrainani eskalatsiyani yuqori darajaga kötarganlikda ayblamoqda.
Xususan, Rossiya tomoni Ukrainani 90 dan ortiq dron yordamida Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qilganlikda aybladi. Şunga qaramay, Rossiya jamoatçilikka, xalqaro hamjamiyatga va ommaviy axborot vositalariga mazkur hujumni tasdiqlovçi inkor etib bölmaydigan dalillarni taqdim etmadi. Şu sababli tabiiy savol tuğiladi: nega Rossiya bunday axborot kampaniyasini aynan hozir boşlab yubordi?
















