07:51 / 30.04.2022
8987

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tayinlandi 

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimlarga tayinlandi.

Sarvar Ashurov Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi

U shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Nodir Do‘smatov Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi. 

U shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limiga ham mudir tayinlandi.

Nodir Qosimov Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limining mudiri etib tayinlandi.

Mavzuga oid
Top