13:29 / 15.05.2022
18574

Qishloqdagi ekzotika - “Manzil”da Angidonga sayohat

Qadimiy usulda ishlayotgan suv tegirmoni, echki sutidan olingan sariyog‘ va uning qatig‘idan qilingan qurut, eshakda maktabga qatnaydigan o‘quvchilar, ichida buloqlari bor xavfli daralar. Xatirchidagi Angidon qishlog‘ining ta’rifini ming eshitgandan, “Manzil”ning yangi sonida bir marta ko‘rgan afzal.

“Manzil” loyihasining navbatdagi manzili – Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi Angidon mahallasi bo‘ldi.

Bu mahalla tarkibidagi Xonaqa va Shaldiroq qishloqlaridan oqib o‘tuvchi soylar, atrofdagi tog‘lar va musaffo havo bahri-dilingizni ochadi.

Biz safarimiz davomida echki sutidan sariyog‘ va qurut tayyorlayotgan qishloq ayollari, sanoqli o‘quvchisi bor maktab direktori va boshqalar bilan suhbatlashdik; shu yerdagi oqdaraga sayyorga chiqdik. Taassurotlarimizni doimgidek siz bilan video shaklida bo‘lishamiz.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

Top