20:54 / 12.07.2022
8530

JSST maymun chechagi kasalligi oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqmasligini bildirdi

JSST vakilining qayd etishicha, kasallik aksariyat hollarda jinsiy yo‘l orqali yuqmoqda. 

Foto: AP

Maymun chechagi kasalligi oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqmaydi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Mayk Rayan.

"Hozirda maymun chechagi kasalligi oddiy taom orqali, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olganda yuqishi borasida hech qanday dalil yo‘q", - dedi Rayan.

"Taomingiz hamisha xavfsiz bo‘lishi uchun taom tayyorlash yo‘riqnomasiga amal qilish juda-juda muhim", - deb ta’kidladi JSST vakili.

Uning qayd etishicha, kasallik aksariyat hollarda jinsiy yo‘l orqali yuqmoqda. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 63 mamlakatda maymun chechagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq 9,2 mingta holat qayd etilgan.

Mavzuga oid
Top