Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining navbatdagi hisobotiga köra, mpox (maymun çeçagi) epidemiyasi boşlangandan buyon uşbu kasallikni yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oşdi. Ulardan 92 nafari xastalik oqibatida hayotdan köz yumdi.
Xususan, sönggi tört hafta içida maymun çeçagi qayd etilgani yuzasidan 30 ta mamlakat hisobot taqdim etgan.
Umuman, epidemiya davridagi jami bemorlarning 90 foizi Janubiy va Şimoliy Amerika qit’alarida yaşovçi aholi vakillaridir. Qolgan holatlarning aksariyati Yevropa davlatlarida röyxatga olingan.
Dunyodagi epidemiologik vaziyatni hisobga olib, JSST ötgan yil 23 iyulda mpox virusini pandemiya deb e’lon qilgandi. Ammo keyingi paytlarda kasallaniş holatlari sezilarli darajada pasaymoqda.
Şu bois taşkilot rahbari Tedros Gebreyyesus maymun çeçagi pandemiyasini bekor qiliş masalasini körib çiqiş taklifini örtaga taşladi.
Eslatib ötamiz, mpox virusi alomatlari asosan isitma, umumiy intoksikatsiya va tanada toşmalar bilan namoyon bölmoqda.
















