Germaniya soğliqni saqlaş vaziri Karl Lauterbah mamlakatda maymun çeçagi kasalligini yuqtirganlar uçun karantin joriy etilganini e’lon qildi.
"Bugundan Robert Koh instituti tavsiyalarini amalga tatbiq etdik - maymun çeçagi kasalligini yuqtirganlar kamida 21 kun izolyatsiya qilinişi lozim", - dedi Lauterbah.
Uning sözlariga köra, maymun çeçagi kasalligiga çalinganlar bilan muloqotda bölganlar ham izolyatsiyaga olinişi “qat’iy tavsiya qilinadi”.
Odamlarda maymun çeçagi bilan kasallaniş holatlari hozirgaça asosan Afrikaning ba’zi qismlarida ma’lum bölgan. 20 may kuni Germaniyada infeksiyaning birinçi holati aniqlangan. Bungaça Yevropada, jumladan, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Belgiyada bu yuqumli kasallikning bir neça holati kuzatilgan edi.
Hozirgi kunga qadar Yevropa va Şimoliy Amerikada odamlarda maymun çeçagi infeksiyasining yuzdan ortiq holatlari qayd etilgan.

















