Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 2021 yil 7 sentabrga qadar “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasidan ötkazib, Vazirlar Mahkamasiga kiritişi kerak edi.
Ötgan yili 6 sentabrda qabul qilingan prezident farmonida şunday vazifa belgilangan. Biroq bu vazifa oradan bir yil ötganiga qaramay, haligaça bajarilmadi: qonundan darak yöq, u muhokamaga çiqarilmadi.
Qolaversa, korrupsiyaga qarşi kuraşning samarali yöllaridan biri hisoblanadigan deklaratsiyalaş tartibi 2022 yil 1 yanvardan kuçga kirişi kerak edi.
Agentlik direktori Akmal Burhonov 4 avgust kungi intervyusida tizim işlaşi uçun texnik imkoniyatlar tayyor bölgani, biroq qonun loyihasi hali “takomiliga yetkazilayotgani”ni aytdi.
“Jahon banki ekspertlari yordami bilan Özbekistonda davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiliş böyiça tizimni yaratdik. Bunda 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasiga integratsiya qiliş masalasi, qanday topşiradi, hattoki namunaviy deklaratsiya töldiriş şakllarigaça bölgan tizimni yaratdik. Çunki qonun qabul qilinganidan keyin u tizim bölmasa, u qonun işlamaydi.
Bugungi kunda texnik masalalar körib çiqilyapti va qonun loyihasi ham takomiliga yetkazilmoqda. Bu loyihani ikki marotaba xalqaro taşkilotlarga taqdim qilganimizda ular tomonidan e’tirozlar bildirildi. Takliflar va tavsiyalar asosida takomiliga yetkazilmoqda.
Birinçi qadam qöyildi. Kuni keça Senat tomonidan ma’qullangan “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatida işlayotgan barça xodimlar öz mol-mulklarini majburiy deklaratsiyalaşi lozimligi aniq belgilab qöyildi”, – deya Burhonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Organ rahbarining aytişiça, “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolangaç 6 oydan söng kuçga kiradi. Qonunda majburiy deklaratsiyalaş tizimi alohida qonun bilan tartibga solinişi belgilangan.
“Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun kuçga kirgunga qadar biz imkon qadar uşbu tizimning huquqiy asoslarini yaratişga harakat qilamiz”, – dedi Burhonov.












