“Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, ayrim qonun hujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati oçiqligi töğrisidagi qonunçilikni buzganlik mansabdor şaxslarga 900 ming sömdan 1,5 mln sömgaça jarima solişga sabab bölişi belgilandi.

Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mansabdor şaxslari ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzadi.

“Advokatura töğrisida”gi qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy iş yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlari tomonidan şartnoma asosida işonç bildiruvçi şaxs roziligi bilan ekspertiza ötkazilişini söraş huquqiga egaligi belgilandi.

Advokat ekspertiza xulosasini iş materiallariga qöşib qöyilişini va sud tomonidan uşbu xulosa işdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanişini talab qilişi mumkin.

Sud ekspertlik faoliyati bilan nodavlat taşkilotlar şuğullanişiga ruxsat berilgani munosabati bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga nodavlat sud-ekspertiza taşkiloti tuşunçasi kiritildi.