Deklaratsiyalash boshlangach, qaysi amaldorning qancha boyligi borligi hamma uchun ochiq bo‘ladi - Burhonov
Amaldorlar topshirgan deklaratsiyalar barcha uchun ochiq platformaga joylanadi, deya ma'lum qildi Aksilkorrupsiya agentligi direktori Akmal Burhonov. U majburiy deklaratsiya topshiradiganlar doirasiga davlat xizmatchilarining aka-ukasi va boshqa yaqin qarindoshlari kiritilmagani haqidagi e'tirozlarga javoban, bu masala kelgusida ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilarining aktivlari va daromadlarini deklaratsiyalash yo‘lga qo‘yiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari amaldorlar topshirgan deklaratsiyalar barcha uchun ochiq platformaga joylanishini ma'lum qildi.
“Albatta, e'lon qilinadi. Hamma uchun ochiq bo‘lgan alohida platforma yaratiladi. Bu platforma u yoki bu davlat idorasining saytida emas, alohida bo‘ladi.
Har qanday fuqaro unga kirib, qaysi amaldor va qaysi davlat xizmatchisining qanaqa mulki borligi, qancha daromad topayotganini ko‘rish imkoniyatiga ega, ochiq platformani yaratishni rejalashtirganmiz”, – dedi Akmal Burhonov 9 iyul kungi matbuot anjumanida.
Yaqinda imzolangan prezident farmoniga ko‘ra, kelgusi yildan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.
Aksilkorrupsiya agentligi direktori majburiy deklaratsiya topshiruvchilar doirasi torligi haqidagi jamoatchilik e'tirozlariga javoban, kelgusida bu toifalar ro‘yxati kengayishi mumkinligini aytdi.
Burhonovga ko‘ra, davlat amaldorlari bilan birga faqatgina ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va aktivlari deklaratsiya qilinadigan davlatlar ham bor. Biroq bu – O‘zbekiston ham ana shu toifalar bilan cheklanib qoladi, degani emas.
“Bu masala ishchi guruhda katta muhokama bo‘ldi. Aka-ukalari, qaynota-qaynonalarigacha kiritish masalasi ko‘tarildi. Bu hali ham kun tartibida. Biroq texnik masalalar va inson huquqlari masalasi turibdi.
Lekin bizning rejamizda bosqichma-bosqich, xuddi Yevropa kabi barcha fuqarolar deklaratsiya to‘ldirish tizimiga o‘tmas ekanmiz, korrupsiyani to‘laligicha bartaraf qila olmaymiz.
Keyingi yildan bu tizimni joriy qilganimizda ro‘yxatga faqatgina voyaga yetmagan farzandlarini kiritish samara bermasa, boshqa yaqin qarindoshlarini ham majburiy deklaratsiya topshiruvchilar qatoriga kiritish masalasini ham o‘ylab ko‘ramiz. Bu masala hali ham ochiq, to‘xtab qolgani yo‘q.
Buni qonunda ham ko‘rsatib ketmoqchimiz, ya'ni keyinchalik, qaysidir davrda boshqa yaqin qarindoshlari ham majburiy deklaratsiya to‘ldiradi, degan normani kiritishni rejalashtirganmiz”, – dedi Akmal Burhonov.
Eslatib o‘tamiz, farmon asosida “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 6 sentyabrga qadar mas'ul idoralar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
-
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi
O‘zbekiston | 16:32
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
-
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:07
Mavzuga oid

17:50 / 16.04.2025
Peru sobiq prezidenti pul yuvishda ayblanib 15 yilga qamaldi

18:25 / 10.04.2025
Qonun kuchga kirganidan 5 yil o‘tgach, samaradorligi baholanishi mumkin

12:05 / 10.04.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda

11:28 / 08.04.2025