21:00 / 06.08.2022
9619

Qirg‘izistonda KXShTning «Kobalt-2022» harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi 

Mashg‘ulotlarda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari ishtirok etdi. 

Foto: Anadolu Agency

Qirg‘izistonda KXShTning «Kobalt-2022» taktik-maxsus harbiy mashg‘ulotlari nihoyasiga yetdi.  

Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichi Qirg‘iziston mudofaa vazirligining «Edelveys» poligonida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiy kontingentlari va operativ guruhlari qatnashdi.  

Qatnashchilar jinoiy tuzilmalar, terrorchi guruhlarni qidirib topish, to‘xtatish va yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.  

Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida giyohvandlik moddalarini tashish kanallarini to‘sish va qurol-yarog‘ yashirilgan joylar, giyohvandlik moddalari ishlab chiqarish laboratoriyalarini topish va yo‘q qilish bo‘yicha ham mashqlar o‘tkazildi.  

Mavzuga oid
Top