“Çumçuq söysa ham qassob söysin”. Intellektual mulk huquqiga ixtisoslaşgan sudlar nega kerak?
|14:06 / 16.08.20227 87113 min
Mamlakatimiz sudlarida intellektual mulk bilan boğliq körilayotgan işlar soni yildan yilga ortib bormoqda. 2011 yilda 22 ta şunday iş körilgan bölsa, 2021 yilda bu 213 tani taşkil etgan. Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş harakatida ekan, intellektual mulk sohasini huquqiy muhofaza qilişi tizimini qayta körib çiqişi, şu yönalişga ixtisoslaşgan alohida sudlar taşkil etilişi lozim, deb hisoblaydi mutaxassis.
Foto: Shutterstock
Har bir mamlakatning yuqori darajada iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişi, jamiyatdagi hayot farovonligini oşiriş uçun intellektual mulk muhofazasi kuçli huquqiy tizimga ega bölişi, intellektual mulk mualliflari davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi lozim.
Intellektual mulk huquqiy jihatdan kuçli muhofazaga olinsa, ixtiroçi va ijodkorlarga yaratgan obektlari uçun munosib haq tölansa, uşbu soha investitsiyalar uçun jozibador bölsa, bunda öz özidan iqtisodiyotni taraqqiy ettirişga zamin yaratiladi.
Intellektual mulk obektlari bugungi kunda fuqarolik munosabatlarida köp uçraydigan, ayniqsa rivojlangan davlatlar iqsodiyotining katta daromad manbaiga aylanib ulgurgan, yangi zamonaviy bilimlarga asoslangan inson tafakkuri mahsuli sifatida ajralib turadi.
Intellektual mulk mamlakatlarning jahon bozoridagi qaysidir yönalişni egallaş yölidagi asosiy şartlardan biri bölib, bugungi kunda intellektual mulk Yevropada yalpi içki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni taşkil etadi.
Aytiş joizki, AQŞ, Germaniya, Yaponiya singari sanoati taraqqiy etgan davlatlarda yalpi içki mahsulot ösişining 80 — 95 foizi texnika va texnologiyalarda öz ifodasini topgan yangi bilimlar hamda innovatsiyalar uluşiga töğri kelmoqda.
Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantiriş, bu sohadagi yutuqlarni yuqori yuqori bahodagi mahsulotga aylantirişda intellektual mulkning işonçli muhofazasini ta’minlaş muhim omillardan biri hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 27-moddasiga muvofiq, “Har kim özi muallif bölgan ilmiy, adabiy yoki badiiy asarlardan kelib çiqadigan ma’naviy va moddiy manfaatlarini himoya qilişga haqlidir”.
Şunga köra, intellektual mulkni himoya qilişning ta’sirçan mexanizmlari joriy etilişi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining poydevorini taşkil etadi va butun dunyoda mualliflar va ularning huquqiy vorislari manfaatlarini ta’minlaş davlat siyosati darajasiga kötarilgan.
Mavzuga oid
Şundan kelib çiqqan holda bugungi kunda butun dunyoda intellektual mulk huquqlari böyiça ixtisoslaşgan sudlar soni tobora oşib bormoqda.
Uşbu tendensiya birinçi navbatda ixtisoslaşgan sudlarga nisbatan talab borligi bilan baholansa, ikkinçidan, davlatlarning Jahon savdo taşkilotiga (WTO) a’zo bölişi bilan boğliq desak hato bölmaydi.
TRIPS Kelişuvining 41-moddasiga muvofiq, qayd etilgan taşkilotga a’zo bölgan mamlakatlar intellektual huquqlarini samarali himoya qiliş zarurligi rasman tan olinadi.
Uşbu normaga asosan ixtisoslaştirilgan intellektual mulk sudlarini yaratiş majburiy bölmasa ham köplab xorijiy davlatlarning özlari bunday qaror qabul qilişmoqda va WTO’ga a’zo mamlakatlarning aksariyatida ixtisoslaşgan sudlar va tribunallar taşkil etilgan yoki mavjudlari qayta tasniflangan. Bunga intellektual mulk huquqlari böyiça ixtisoslaşgan sudlar taşkil etilgan xorijiy davlatlarni misol sifatida keltiriş mumkin. Bular:
Turkiya Respublikasi - Adliya vazirligi huzurida taşkil etilgan ixtisoslaştirilgan sudlar intellektual mulkiy munosabatlar böyiça nizoning miqdori yoki qonunda belgilangan jazodan qat’iy nazar vakolatli hisoblanadi.
Yaponiya - intellektual mulk huquqi masalalari Oliy sud tomonidan körib çiqiladi;
Xitoy – Intellektual mulk huquqi böyiça ixtisoslaşgan sudlar;
Şveytsariya va Germaniya - Federal Patent sudlari tomonidan körib çiqiladi;
Koreya - Patent Sudi;
Rossiya Federatsiyasi - Intellektual mulk huquqlari Sudi;
Tailand - intellektual mulk va xalqaro savdo masalalari böyiça Markaziy sud;
Fransiya - ixtisoslaşgan Sud palatalari;
Meksika - ixtisoslaşgan sudlar;
Xindiston – ixtisoslaşgan sudlar.
Hozirgi kunga kelib dunyoning köplab rivojlangan mamlakatlarida intellektual mulk obektlariga doir huquqlarni sud orqali himoya qiliş instituti tobora kengroq qöllanilmoqda.
Butunjahon intellektual mulk taşkiloti (WIPO) tomonidan taşkilotga a’zo davlat örtasida har yili “Intellektual mulk huquqlarini himoya qiliş indeksi böyiça dunyo davlatlari reytengi” e’lon qilinib boriladi.
Ta’kidlaş lozimki, aynan şu reytingda yetakçilik qilayotgan Şveytsariya, Şvetsiya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Koreya, Xitoy davlatlarida intellektual mulk obektlari bilan boğliq nizolarni körib çiquvçi maxsus ixtisoslaşgan sudlar taşkil etilganligi yana bir bor uşbu sudlarning ahamiyatga molik omillardan biri deb baholasak böladi.
Şuningdek, Belgiya, Braziliya, Vengriya, Gonkong, Daniya, Isroil, Eron, Ispaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, Norvegiya, Pokiston, Panama, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya, Janubiy Amerika mamlakatlari, Finlandiya, Fransiya, Şvetsiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarning umumyurisdiksiya sudlari tizimida intellektual mulkka doir işlarni körib çiquvçi maxsus, ya’ni ixtisoslaşgan sud tarkiblari taşkil etilgan.
Özbekiston uçun ham bugungi kunda dunyoning har qanday mamlakati kabi intellektul mulk huquqi muhofazasini ta’minlovçi taşkiliy-huquqiy mexanizmlarni muntazam takomillaştirib boriş eng dolzarb masalalardan biri bölib hisoblanadi.
Xususan, xalqaro huquqiy hujjatlarda ham milliy qonunçiligimizda ham intellektual mulk obektlariga nisbatan mutlaq huquqlar öta muhim fuqarolik huquqlaridan biri sifatida tan olinadi.
Har bir inson huquq egasi sifatida özi muallifi hisoblangan ilmiy, adabiy va badiiy faoliyat natijalariga nisbatan ma’naviy va moddiy manfaatlari muhofaza qilinişini talab qiliş huquqiga egadir.
Intellektual mulk obektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni muhofaza qiliş usullari içida sud orqali himoya qiliş muhim örin egallaydi va u qonun bilan kafolatlanadi.
Zero, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan har bir şaxsga öz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qiliş, davlat organlari, mansabdor şaxslar, jamoat birlaşmalarining ğayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlangan.
Tahlillardan ayon böladiki, mamlakatimiz sudlarida körilayotgan intellektual mulk bilan boğliq işlar soni yildan yilga ortib bormoqda masalan, 2011 yilda sud organlari tomonidan intellektual mulk obektlari va ularga oid huquqlarni ta’minlaşga aloqador 22 iş körilgan bölsa, 2018 yilda bu körsatkiç 100 tani taşkil etgan, 2020 yilda 185 ta 2021 yilda 213 ta va 2022 yil yarim yillikda 141 dan ortiq işlar turli sudlar tomonidan körilgan.
Uşbu körsatkiçlar mamlakatimizda kundan kunga fan, texnika, san’at rivojlanib kelayotganligi, intellektual mulk egalarining esa özlarining intellektual mulkiga bölgan huquqlarini sud tartibida himoya qiliş bilan boğliq murojaatlarining soni va turlari ortib borayotganligidan darak bermoqda.
Aytiş joizki, yaqin kelajakda mamlakatimizda intellektual mulk obektlari bilan boğliq bölgan nizolarni hal etiş sudlar faoliyatining dolzarb masalalaridan biriga aylanişi ehtimoli mavjud, çunki butun dunyoda bölgani kabi intellektual mulk huquqlarining buzilişi mavzusida bizning mamlakatimizda ham yetarliça muammolar mavjud.
Bu muammolarning kelib çiqişiga quyidagilar sabab bölmoqda.
Birinçidan, aholining bu sohadagi bilim könikmalari va huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi;
ikkinçidan; zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlarni uning muallifi, ya’ni huquq egasi ruxsatisiz özlaştiriş, öziga mos ravişda özgartiriş, köpaytiriş va tarqatiş jarayonining öta oson hamda arzon işga aylanib qolişi;
uçinçidan, sud-huquq tizimida faoliyat olib borayotgan sudyalarning intellektual mulk sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bölmaganligi sababli protsessual qonun moddalari notöğri kvalifikatsiya qilinayotganligi holatlari uçrab turişi kabilar.
Şu sababli bugungi kunda intellektual mulk sohasidagi işlarni körişda sudlar tomonidan ayrim xatoliklarga yöl qöyilayotganligi, şuningdek, sud tizimida ba’zi bir jiddiy muammolarning borligi ham haqiqat.
Ba’zi bir instansiya sudlari qarorlari bekor bölayotganligi yoki sudyalarimizning intellektual mulk sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bölmaganligi sababli protsessual qonun moddalari notöğri kvalifikatsiya qilinayotganligi fuqarolarimizda intelektual mulk huquqi muhofazasiga nisbatan işonçning pasayişiga sabab bölmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasida davlat boşqaruvini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019 yil 8 fevraldagi PQ-4168-son qarorida mamlakatimizda intellektual mulk egalarining huquqlarini sud tartibida himoya qiliş bilan boğliq islohotlarni yanada kuçaytiriş lozimligi belgilab berilganligi ham yuqorida bayon etilgan fikrlarimiz asosli ekanligining isboti sifatida qaralişi mumkin.
Xususan, mazkur qarorning 5-bandida intellektual mulkning samarali himoyasini ta’minlaş böyiça «Yöl xaritasi tasdiqlangan bölib unda intellektual mulk huquqini sud orqali himoya qiliş borasida juda köp işlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Jumladan, intellektual mulk huquqi sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş va ma’muriy jazo qöllaş huquqini adliya organlariga taqdim etgan holda, intellektual mulk obektlaridan noqonuniy foydalanganlik uçun ma’muriy javobgarlikni kuçaytiriş, intellektual mulk obektlaridan noqonuniy foydalanganlik uçun jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş masalasini körib çiqiş va şu bilan birga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi qoşida Patent sudini taşkil etiş masalasini örganib çiqib, asoslangan takliflar işlab çiqiş vazifasi belgilagan.
Ixtisoslaşgan sudlarni taşkil etişning ijobiy natijalaridan biri bu nizolarni sansalorliklarsiz, qisqa muddatlarda körib çiqilişiga hamda cohaning öziga hos xususiyatlaridan kelib çiqqan holda sudyalar malakasini doimiy ravişda oşirib boriş orqali sud amaliyotining bir xilligiga erişişga olib keladi.
Bu Qonunçilik va sud amaliyotining barqaror rivojlanişiga, sud qarorlarining başorat qilinişiga olib keladi, başorat qiliş natijasida esa kelişuv bitimlari köpayadi.
Bu esa sudgaça bölgan tartibda taraflarning özaro kelişuvga kelişi ya’ni mediatsiyani rivojlantiradi.
Ixtisoslaşgan sudlarning taşkil etilişi va ularning uzluksiz işlaşi köplab mamlakatlarda intellektual mulk huquqi buzilişining kamayişiga olib keldi.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş harakatida ekan, intellektual mulk sohasini huquqiy muhofaza qiliş tizimini qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq bölar edi.
Mahmudova Madina Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti,
mualliflik va turdoş huquqlar boşqarmasi boş maslahatçisi