Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston prezidentlari uç mamlakat madaniyat va san’at ustalarining konsertida qatnaşdi. Şavkat Mirziyoyev öz sözida birodar xalqlarni bahoriy yangilaniş bayrami Navröz va muborak Ramazon hayiti bilan çin dildan qutladi.

«Bugun xalqlarimiz uçun haqiqatan ham katta va uzoq kutilgan bayram. Biz uç davlat çegaralarining tutaş nuqtasi haqidagi tarixiy şartnomani imzoladik. Bundan buyon çegaralar – birodarlik çiziqlari, yangi imkoniyatlar, bunyodkorlik va hamkorlik makonidir», — dedi prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralarda işbilarmonlik va madaniy almaşinuvlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, töğridan-töğri parvozlar sonini köpaytiriş, çegaraoldi hududlardagi şaharlar örtasida yangi avtobus yönalişlarini yölga qöyiş böyiça kelişuvlarga erişilgani qayd etildi.

Madaniy tadbirlar, ijodiy festivallar, yoşlar forumlari, sport musobaqalarini muntazam ötkazib borişga alohida e’tibor qaratildi.

«San’at çegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi odamlarni birlaştiriş. Uç mamlakatning iste’dodli san’at ustalari ijrosidagi bugungi konsert ham madaniyatlarimizning boyligi, rang-barangligi va muştarakligini yana bir bor namoyiş etadi», — dedi sözining yakunida Şavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Şu bilan Özbekiston prezidentining Tojikistonga amaliy taşrifi yakunlandi.

Oliy darajadagi tadbirlarga boy dastur doirasida Xöjand şahrida prezident Şavkat Mirziyoyev prezident Imomali Rahmon bilan muzokara ötkazdi, Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston rahbarlarining qöşma uçraşuvida iştirok etdi.

Döstlik stelasining oçiliş marosimi va uç mamlakat davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi tarixiy şartnomaning imzolanişi bölib ötdi.

Aeroportda Şavkat Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti kuzatib qöydi. Davlat rahbari Toşkentga jönab ketdi.