Xonanda Feruza Karimova she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun 41,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
Qo‘shiqchi "Dod degim kelyapti dastingdan" she’rini qo‘shiq qilish uchun uning muallifi – Mahliyo Ahrorovadan ruxsat olmagan. Avvalroq xonanda Avazbek Olimov ham mualliflik huquqini buzgani uchun mazkur shoiraga tovon puli to‘lashi belgilangandi.

Xonanda Feruza Karimova shoira Mahliyo Ahrorovaning “Dod degim kelyapti dastingdan” she’rini ruxsatsiz qo‘shib qilib aytgan. Shoira uni sudga berib, yutib chiqdi. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti ma’lum qildi.
Sud majlisida aniqlanishicha, ijrochi Karimova "Dastingdan" nomli qo‘shig‘ini ijro etishda shoira Mahliyo Ahrorovaning "Dod degim kelyapti dastingdan" nomli she’riga bo‘lgan mualliflik huquqlarini buzgan.
Sudning tegishli qaroriga muvofiq, shoira Mahliyo Ahrorova foydasiga ijrochi Feruza Karimovadan BHMning 100 barobari, ya’ni 37,5 million so‘m miqdorida tovon puli va 5 million so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.
Oldinroq Avazbek Olimov ham shoira Mahliyo Ahrorovaning “Go‘zal yorim” she’rini uning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida kuylab kelgani uchun 170 million to‘laydigan bo‘lgandi.
Mahliyo Ahrorovaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, shoira Olimovdan 5 ming dollar olib, qolganini o‘zaro kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

21:45 / 10.06.2024
“O‘nlab qo‘shiqchilar ustidan sudga ariza kiritganmiz” – Avazbek Olimovni sudda yutgan shoira

09:58 / 26.04.2024
O‘zbekiston AQShning intellektual mulk huquqiga oid qora ro‘yxatidan chiqarildi

18:50 / 24.04.2024
Xonanda Avazbek Olimovdan intellektual mulk huquqini buzgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda

19:48 / 04.04.2024