13:28 / 19.08.2022
17452

Toshkentda YPX mashinasi yonib ketdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yo‘l-patrul xizmati mashinasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIBB YHXB

2022 yil 19 avgust kuni soat 12:20 larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori safdor M.X. o‘z boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinani Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab haydab ketayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, shu vaqtda avtomashina motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in tezkorlik bilan o‘z vaqtida o‘chirilgan, tan jarohati olganlar yuq.  

Mavzuga oid
Top