Davlat axborot agentligi xabarida KXDR Mudofaa vazirligining nomi oşkor etilmagan vakili Qöşma Ştatlarni «tentaklarça bayonot» berganlikda aybladi va Vaşingtonni «oğzini yumiş»ga çaqirdi.

«Sönggi paytlarda AQŞ va boşqa duşman kuçlar KXDR va Rossiya örtasida «qurol bitimlari tuzilgani haqidagi miş-mişlar»ni tarqatiş orqali «BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasining buzilişi» haqida gapirmoqda... Biz Rossiyaga ilgari heç qaçon qurol yoki öq-dori eksport qilmaganmiz va eksport qilişni rejalaştirmayapmiz», deya KXDR Mudofaa vazirligi Boş ştabining ismi oşkor etilmagan rasmiysi sözlarini keltirdi Koreya markaziy axborot agentligi.

Sentyabr oyi boşida prezident Jo Bayden ma’muriyati KXDR tomonidan Rossiyaga qurol sotiş jarayoni boşlangani haqidagi AQŞ razvedkasi ma’lumotlarini oşkor qildi va bu Pxenyanga qurol import qiliş yoki eksport qilişni taqiqlovçi BMT Xavfsizlik Kengaşi sanksiyalari buzilişi ekanini aytdi.

AQŞ Davlat departamenti vakili Vedant Patelning sözlariga köra, Rossiya «Ukrainada foydalaniş uçun Şimoliy Koreyadan millionlab raketa va artilleriya snaryadlarini xarid qiliş jarayonida».

Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Jon Kirbining sözlariga köra, xaridlar «millionlab öq-dorilar, raketalar va artilleriya snaryadlari»ni öz içiga olişi mumkin. Biroq, u AQŞ razvedkasi maxfiy ma’lumotlariga tayangan holda, xaridlar hali yakunlanmagani va sotib olingan öq-dorilar Ukrainada qöllanayotgani haqida hozirça heç qanday dalillar yöqligini ta’kidlagan.

Seuldagi Ihva universiteti professori Leyf-Erik Isli KXDR hukumatining qurol sotilayotgani inkor qilingan bayonotiga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş kerak deb hisoblayapti.

«Şimoliy Koreya qurol-yaroğ savdosini yaşirişni ma’qul köradi, çunki bunday kelişuvlar ortidan yangi sanksiyalar qöllanişi mumkin. Şuningdek, odatda Pxenyan mijozlari boşqa noqonuniy harakatlarga ham aralaşgan böladi. Şimoliy Koreya rejimi xuddi Putin Rossiyasi kabi, AQŞ razvedkasi va xalqaro tanqidga qarama-qarşi argumentlarni tarqatişga harakat qiladi», deydi u.

Ikki davlat döstligi abadiymi?