Rossiya qurolli kuçlari Xarkiv viloyatida artilleriya böyiça ustunlikni yöqotib, yangi taktikaga ötdi – endi Ukraina armiyasi pozitsiyalariga Eronda işlab çiqarilgan uçuvçisiz samolyotlar (kamikadze droni) hujum qilmoqda. Dron zarbalari hali ham Ukraina qurolli kuçlariga jiddiy zarar yetkazmoqda va kelajakda HIMARS tizimlariga qarşi samarali vositaga aylanişi mumkin.

The Strategic Communications Directorate of the Ukrainian Armed Forces / Reuters / Scanpix / LETA
Artilleriya örniga «Geran»
Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuçlariga Eron dronlari yordamida jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu Rossiya tomonidan Ukrainada keng miqyosda qöllanayotgan ilk harbiy texnika hisoblanadi. Bu haqda The Wall Street Journal naşriga Ukraina qurolli kuçlarining yuqori martabali ofitserlari ma’lum qilgan.
Ukraina qurolli kuçlarining 92-mexanizatsiyalaşgan brigadasi artilleriya qömondoni, polkovnik Rodion Kulaginning sözlariga köra, rossiyaliklar Eronning Shahed-136 dronini qayta böyab va «Geran-2» nomini berib, Xarkivning şimoli-şarqidagi töqnaşuvlarda ommaviy ravişda qöllamoqda.
Ukraina qurolli kuçlarining asosan zirhli texnikalari va artilleriya pozitsiyalari kamikadze dronlarining nişonlari bölmoqda. Odatda juft bölib hujum qiladigan dronlar Kulagin brigadasidagi 152 mm kalibrli ikkita öziyurar gaubitsani, 122 mm kalibrli öziyurar gaubitsani va ikkita zirhli transport vositasini yöq qilgan.
Ofitserning sözlariga köra, Rossiya qurolli kuçlari ötgan oyda Shahed-136 dronini sinovdan ötkazib, Amerikadan keltirilgan M777 gaubitsasiga zarba bergan edi. Şundan söng uşbu dronlardan faol foydalana boşladi. Şunday hujumlar paytida dronlardan biri nosozlik tufayli Ukraina qurolli kuçlari qöliga tuşdi, deb qöşimça qildi Kulagin.
Eron dronlaridan faol foydalanişga ötiş uruş yönalişining özgarişi bilan boğliq bölişi mumkin, deb hisoblayapti ofitser. Ukraina qurolli kuçlarining Xarkiv viloyatidagi muvaffaqiyatli hujumidan söng, Rossiya qöşinlari bir neça ming kvadrat kilometrlik ulkan hududdagi asosiy afzalligini – artilleriyadagi ustunligini yöqotdi.












