21:49 / 26.10.2022
32998

NASA Turkmanistonda metan sizib chiqayotgan juda katta o‘choqni topdi 

NASA 25 oktyabr kuni Turkmanistonning Xazor shahri yaqinida metan sizib chiqayotgan yirik o‘choq paydo bo‘lganini ma’lum qildi. 

Foto: NASA/JPL-Caltech

Sun’iy yo‘ldoshga o‘rnatilgan spektrometrlar ushbu hududdagi gaz manbalaridan juda katta miqdorda metan sizib chiqayotganini, uning izlari 32 km masofaga cho‘zilganini, bu esa soatiga 50 tonnadan ortiq metanning sizib chiqishidan dalolat berishini ko‘rsatgan. 

2015 yilda Qo‘shma Shtatlarning Aliso kanonida sodir bo‘lgan avariyadan keyin ham taxminan shuncha miqdorda metan sizib chiqqan edi. Bu AQSh tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri bo‘ldi. 

Turkmaniston rasmiylari avariya haqida hech qanday xabar bermagan. 

Avvalroq, Bloomberg nashri Kaspiy dengizi sohilidagi metan sizib chiqayotgan konlar «Turkmengaz» va «Turkmenneft» davlat kompaniyalari tomonidan o‘zlashtirilayotgani, ular eskirgan uskunalardan foydalanayotgani haqida yozib, kompaniya rahbariyatini mas’uliyatsizlikda ayblagan edi. 

2017 — 2020 yillar davomida ushbu hududda 944 ta holatda metan sizib chiqishi aniqlangan. 

2021 yil noyabr oyida o‘sha paytda bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Serdar Berdimuhamedov Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMT iqlim sammitida qatnashib, metan chiqindilarini kamaytirishga va’da bergan edi.

Mavzuga oid
Top