“Ziyoli qatlam ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim”. Mutaxassislar – doktorantura qabulidagi beqarorlik haqida
|17:27 / 24.11.202267 25410 min
“Birinçi xato natijasizlikka olib keldi. Buni oqlaş uçun yana bir xatolikka yöl qöyildi – böş örinlarni töldiriş uçun yana qabul e’lon qilindi. Bu safar sertifikat talabi bekor böldi. Ikkinçi xatolik endi beburdlikka olib keldi. Zotan, “prinsip”ga darz ketdi”.
16 noyabr kuni Kun.uz'da e’lon qilingan “Doktoranturadagi alğov-dalğov: imtihon natijalari bekor qilinişi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)” nomli maqoladan söng bir guruh ziyolilar, jamoat faollari hamda mutasaddilar bu masala böyiça öz fikrlarini bildirişdi.
“Mantiq qaçon işlaydi?”
Baxtiyor Mengliyev / Foto: Kun.uz
Baxtiyor Mengliyev, professor:
— Ta’lim – mamlakatimizni rivojlantiriş siyosatining ustuvor masalasi. Tizimdagi uzviylik va uzluksizlik uning sifatini ta’minlaşning asosiy tamoyili. Bu tamoyil ta’limni taşkil etişdan tortib uning mazmunigaça qizil ip bölib ötadi. Ammo uzviylık va uzluksizlik quyidan yuqoriga poğonali ravişda amalga oşirilişi kutilgan natijani beradi.
Buning tom aksini esa magistratura va doktoranturaga kiriş talablarida körib turibmiz. “Zanjir” mantiğining buzilişi qanday natijalarga olib kelganiga guvohmiz. Magistraturaga kiriş uçun dabdurustdan xorijiy tilni biliş sertifikati talab qilindi. Natija nima böldi? Ajratilgan örinlar tölmay qoldi.
Birinçi xato natijasizlikka olib keldi. Buni oqlaş uçun yana bir xatolikka yöl qöyildi – böş örinlarni töldiriş uçun yana qabul e’lon qilindi. Bu safar sertifikat talabi bekor böldi. Ikkinçi xatolik endi beburdlikka olib keldi. Zotan, “prinsip”ga darz ketdi.
Doktoranturaga qabulda ham şunday yöl tutildi. Yöl qöyilgan xatodan xulosa çiqarilmadi. Ayrim OTMlarda doktoranturaga qabul imtihonlari boşlanib ham ketdi. Ammo Innovatsion rivojlaniş vazirligi bemahal buyruq çiqarib qoldi: “Xorijiy tilni biliş sertifikati bölmasa, talabgor qabul qilinmaydi”.
Bu bir neçta savol tuğdirdi:
1. Vazirlik qaçon taşkil topdi, 2022 yil 15 noyabrdami?
2. Keçikib buyruq berişning sababi nima?
3. OTMlarda qabul qilingan imtihonlar qaysi asosda bekor qilinadi?
4. DSs doktoranturasi uçun ham sertifikat talab qilinadimi? Axir, bu talabgorlar imtihon topşirmaydi-ku?
Xullas, bu savollarga tegişli javobni kutgan holda jarayondagi mantiqsizliklarga töxtalamiz:
Mavzuga oid
birinçidan, sertifikat talabiga qarşi emasmiz, hatto qöllab-quvvatlaymiz;
ikkinçidan, doktoranturaga kiriş uçun sertifikat talab qiliş, mantiqan, magistraturani bitiriş uçun sertifikat talab qilişdan keyin qöyilişi kerak;
uçinçidan, magistraturaga kiriş uçun sertifikat talab qiliş bakalavriatni bitiriş uçun sertifikat talab qilişdan keyin qöyilişi kerak;
bakalavriat uçun sertifikat talab qiliş maktab bitiruvçisi uçun sertifikat talab qilişdan boşlanişi kerak.
Körinadiki, mana şu tizimga amal qiliş ham ta’limdagi mantiqiy uzluksizlik va uzviylikning bir körinişidir. Mantiq işlamagan joyda hafsala qariydi, tizimdan noliş, odamlarga kutilmagan jabr paydo böladi.
“Mantiq left the group”
Baxtiyor Abduğafur / Foto: Kun.uz
Baxtiyor Abduğafur, Özbekiston FA Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti Mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori:
— Bu safar ham originallikka harakat qilişganmi, degan öy könglimdan ötdi. Bu narsa, tajribamdan kelib çiqib aytsam, xorijda yöq.
Mohiyatan, DSc xorijda Postdoctoral bosqiç hisoblanadi va PhD ilmiy darajasi borlar qabul qilinadi.
Xorijda Postdoctoral bosqiçini davom ettiriş – postdok qiliş uçun heç qanday til sertifikati söralmaydi. Özim ikki marta postdok bölganman. 2015-2016, 2017-2018 yillarda. Xorijlik bölganim uçun talab qilişsa haqli bölişardi. Lekin birortasida til sertifikati talab qilingan emas. Bu amaliyot butun dunyoda amalda. Hatto, ingliz tili ustuvor bölgan AQŞ yoki Britaniyada, keng qöllanadigan Yevropada... va hatto Xitoyda ham.
Xöş, bizda qaysi sabablar bilan xorijiy til sertifikati talab etilyapti?
Faraz qiling, fan nomzodi – domla ingliz yoki nemis tilidan DTMga imtihon topşirgani boryapti. Balki u talabgor bir neça yil xorijda faoliyat yuritgan yoki universitetlarda ma’ruzalar öqigandir, zör-zör maqolalar e’lon qilgan, monografiyalar, kitoblar yozgan (şundaylarni bilaman). Endi, öşa olimlarga talab qöyilyapti-da: “Boring, domla, imtihon topşirib keling!”
Xöş, bu talab izzat-nafsi bor, ğururi ölmagan olimga qanday ta’sir qiladi?
Agar menga şunday deganlarida bunday “postdoktorantura”dan voz keçardim. Nega?
Doktoranturada öqiyotgan vaqtimizda yana özimizga xos talablar paydo böldi. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasidan oldin çet tili, Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi... yana allaqanday fanlardan imtihonlar topşiriş talab etildi.
Faraz qiling-a, katta-katta domlalar hali u institutga, hali bu institutga borib imtihon topşirganmiz. Agar öşa vaqtda çet eldan biror kişi bilib qolsa kulardi, şarmandamiz çiqardi. Lekin ilojimiz qança, doktorlik dissertatsiyalar yozilgan, himoya qilişimiz kerak.
Mikrobiolog yoki neyroxirurg, aytaylik, demokratik jarayonlar, yana allaqanday siyosiy jarayonlarni öqişimiz kerak edi. Öqiganmiz ham. Faqat, vaqtimiz va naqdimiz ketgan.
Öşanda bir xarakterli suhbat bölgandi. Yoşi kattaroq aka biz bilan imtihon topşirardi. Undan keyin mening navbatim. Öşandagi tortişuv e’tiborimni tortgandi:
— Bu yoği endi 3 baho, xafa bölmaysiz!
— Nega uç?!
— Bu narsalarni bilişingiz kerak. Mana, aytyapsiz, Germaniyada işlayman, deb. Germaniyada sörab qolişsa, “Özbekistonda davlat boşqaruvi qanday?” deb. Siz nima deb javob berasiz?
— Domla, Germaniyada bunaqa narsalarni söramaydi. Men neyroxirurgman! Neyroxirurgiyadan doktorlik qilyapman. Mendan nemislar demokratik jarayonlardan emas, neyroxirurgiyadan ma’ruza öqişimni söraydi, çunki men neyroxirurgiya böyiça mutaxassisman!
Şu bilan bahs uzilgandi. Aniqroği, bahsga nuqta qöyilgandi. Töğri-da, neyroxirurgdan neyroxirurgiyani, matematikdan matematikani talab qiliş kerak.
Eng açinarlisi, yana qandaydir qaror çiqdi, talablar özgardi, imtihonlarni topşirib bölganimizda bular bekor böldi. Olgan sertifikatlarimiz kerak bölmay qoldi.
Xullas, bu safargi özgariş va talabni umuman yoqlamayman. Bu ham kelib, men ötgan bosqiçdagi özgarişlar kabi bekor böladi. Bu işlarda mantiq körmayman.
Qat’iy fikrim şuki, jamiyatning ziyoli elitasi ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim. Masalaga mantiqan yondaşiş kerak. Yangilik qilaman deb, boşqalarni ovora qilmaslik kerak, hurmatli mutasaddilar. Xorij tajribasini olaylik, sayqallanib bu kungi holatiga keldi.
Ilm-fan rivojiga qanday qilib xalaqit bermasak böladi, degan masalani bir neça ön yillar avval yeçib qöyişgan. Dunyodan ayri yaşay olmaymiz. Dunyo fani va özbek fani degan narsa yöq. Hammasi bir qozonda qaynaydi.
Mendan heç kim ingliz tilini talab qilmagan. Lekin Scopus bazasidagi 11 maqolamning hammasi inglizçada. Çunki olim böliş va inglizça biliş aslida parallel keçadigan tabiiy holat.
“Biz ta’limni şu ahvolga keltirdik”
Şaxsini oçiqlaşni istamagan ijtimoiy tarmoq faoli şunday deydi:
— Ta’lim haqida juda köp gapiriladi. Ta’limda korrupsiya yuqori, ta’lim judayam yomon ahvolda deb. Lekin bilasizmi, hammasiga özimiz sababçimiz, jim turamiz, agar yoziş kerak bölsa blogerlarga yozdiramiz. Siz yozing, sizni eşitişadi deb, lekin biz yozsak hamma toşlar bizga kelib otiladi, hamma narsa bizning boşimizga kelib sinadi.
Neça kundirki, Innovatsiya vazirligi ilm ahlining ustidan oçiqçasiga kulib kelmoqda. Tasavvur qiling, 1 oyda 3 ta qaror (hali yana özgariş bölişiga şubha yöq). Bitta qonun bilan hammasini tartiblab qöyiş qiyinmidi? Bilasizmi, hozir şu yerda töxtab, öylab köring, nimani töğri qildingiz, boşida çiqargan qaroringiz bilan, ilm ahlining oldida hurmatga erişmoqçi böldingiz, lekin öxşamadi. Undan keyin yana 2 ta qaror çiqdi, baribir muammo qoldi, yeçilmadi.
Keling undan köra oçiqçasiga “biz korrupsiyaga imkon berdik” deb qöya qoling.
Ta’lim tizimining eng yuqorisi bu. Bu yerda ahmoq odamlar yöq, bu insonlar – ilm egalari. Bugun ilm ahllarini şunday saralab olsangiz, ta’limda yana qanaqa özgariş bölişini kutasiz? Heç qanaqa javob yöq. Bugun oliygohda 10 ta professor bölsa, kamida 7 tasi, faqat kursida ötirişni biladi, yozgan ilmiy işi bilan maqolasini özi öqigisi kelmaydi “uyaladi”, çunki ular şu tizimda bu “unvonga” ega bölişgan.
Rasmiy munosabatlar
Kun.uz'dagi maqolaga Davlat test markazining munosabatida, talabgorlar uçun 15 ta xorijiy tildan imtihonlar taşkil etilişi, biror hujjatda magistratura va doktoranturaga kiriş uçun aynan DTMning çet tili sertifikatini oliş kerak degan talab belgilanmagani ta’kidlangan. Ya’ni talabgorlar çet tilidan boşqa sertifikatlarga ega bölişi ham mumkin.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi ham mazkur maqolaga rasmiy munosabat bildirdi. Bayonotda çet tilidan ötkazilgan imtihon natijalari vazirlik tomonidan bekor qilinmagani aytilgan. Ammo OTMlar imtihon natijalarining bekor qilinişiga vazirlikning 2022 yil 15 noyabrdagi 01-10/6536-sonli xatini asos qilib keltirgan.
Doktoranturaga talabgorlarni jamlagan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim” Telegram guruhi mutasaddi taşkilotlarning munosabatiga izoh berdi:
“Bu bayonotlaring barçasi, Kun.uz bergan “tarsakidan” keyin çiqarildi. Davlat test markazi va Innovatsiya vazirligi tomonidan çet tili böyiça imtihon kunlari va sanalariga oid ma’lumotlar ham bu postdan keyin çiqarilgan. Undan oldin vazirlik tomonidan heç qanday reaksiya berilmagan edi”.