Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy davlatlar fuqarolari bilan eng ko‘p nikoh qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
Qaysi hududda xorijiy davlatlar fuqarolari bilan eng ko‘p nikoh qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yil yanvar-oktabr oylarida 233 559 ta nikoh qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 1900 ta nikoh xorijiy davlatlar fuqarolari bilan qayd etilgan.
O‘zbekiston fuqarolaridan 762 nafar erkaklar hamda 1138 nafar ayollar xorijiy davlatlar fuqarolari bilan nikohlangan.
Xorijiy davlatlar fuqarolari bilan qayd etilgan nikohlar soni hududlar kesimida eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatildi – 637 ta holat.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Toshkent viloyati – 266 ta;
- Samarqand viloyati – 231 ta;
- Andijon viloyati – 146 ta;
- Farg‘ona viloyati – 139 ta;
- Surxondaryo viloyati – 99 ta;
- Sirdaryo viloyati – 72 ta;
- Namangan viloyati – 63 ta;
- Buxoro viloyati – 56 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 47 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 41 ta;
- Navoiy viloyati – 37 ta;
- Jizzax viloyati – 36 ta;
- Xorazm viloyati – 30 ta.
Mavzuga oid
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026