18:07 / 10.01.2023
15342

Toshkentda kuchli yog‘in tufayli daraxtlar qulamoqda – fotoreportaj 

9 yanvardan 10 yanvarga o‘tar kechasi Toshkentda kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning shoxlari og‘irligini ko‘tara olmay egilib qolgan yoki sinib tushayotgan bo‘lsa, ayrim daraxtlar qordan oldin yog‘gan yomg‘irdan so‘ng tagi yumshab qolgani tufayli ildizi bilan qo‘porilib qulamoqda.

Poytaxtda kechadan buyon tinmay yog‘ayotgan qor og‘irligini ko‘tara olmay ayrim daraxtlarning shoxlari sinib tushgani yoki bor bo‘y-basti bilan qulagani kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Kun.uz muxbiri Toshkent ko‘chalari bo‘ylab kezib, qordan og‘irlashgan shoxlarini ko‘tara olmay qulagan yoki shoxi sinib tushgan daraxtlar aks etgan fotoreportaj tayyorladi.

Novza jome masjididan Novza metro bekatiga ketaverishda qulagan daraxt shoxi Foto: Kun.uz
Novza jome masjididan Novza metro bekatiga ketaverishdagi qulagan daraxt shoxi Foto: Kun.uz
Novza jome masjididan Novza metro bekatiga ketaverishdagi qulagan daraxt shoxi Foto: Kun.uz
Novza metro bekati yaqinidagi sinib tushgan archa shoxi Foto: Kun.uz
Novza metro bekati yaqinidagi sinib tushgan archa shoxi Foto: Kun.uz

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda yog‘ingarchilik ta’sirida qulab tushgan daraxtlar aks etgan videolar tarqalmoqda.

Ayrim holatlarda bundan transport vositalariga talafot yetganini ko‘rish mumkin. Hozircha daraxtlar qulashidan zarar ko‘rgan avtomobillar soni ma’lum emas.

Mutasaddilar haydovchilarni transport vositalarini daraxtlar va mo‘rt konstruksiyalar ostiga qo‘ymaslik haqida ogohlantirishmoqda.

Avvalroq Toshkent shahar IIBB 9-11 yanvar kunlari Toshkent shahrida yomg‘ir-qor yog‘ishi va kuchli shamol esishi haqida ogohlantirgandi

Top