Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 800 mln dollarlik elektrotexnika mahsulotini eksport qildi
2022 yilda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan umumiy qiymati 800,8 million dollardan ortiq bo‘lgan 196 turdagi mahsulotlarni dunyoning 60 mamlakatiga eksport qilindi.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, GSP+ imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropaning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Sloveniya, Chexiya, Avstriya va Vengriya davlatlariga, shu bilan birga, Iroq, Livan, Markaziy va G‘arbiy Afrikaning Gana, Kamerun Respublikalariga tarixda birinchi marta elektrotexnika mahsulotlari sotildi.
4 ta xalqaro ko‘rgazmada milliy mahsulotlar uchun alohida maydon ajratildi. Ko‘rgazmalar davomida korxonalar qariyb 50 million dollarlik shartnomalarni imzolashga erishdi.
Eng ko‘p mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarboyjon hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘tgan yili 14 ta yangi korxona ilk marotaba o‘z mahsulotlarini eksportga chiqardi.
Mavzuga oid
13:16
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026
O‘zbekiston limon eksportini oshirdi: asosiy xaridorlar Qozog‘iston va Rossiya
10:41 / 16.01.2026