16:27 / 05.02.2023
43869

Samarqandda noyob qush topildi

Jomboy tumanida yashovchi Umarbek Navro‘zov uyi yaqinidan noyob qush topib oldi. Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur qush ko‘rinishidan mahalliy qushlarga o‘xshamagani sababli fuqaro mutaxassislarga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, ushbu qush bugungi kunda yo‘qolib borayotgan noyob tur hisoblanib, Qizil kitobga kiritilgan «Qora bo‘yinli Grebe» qushidir.

Ushbu tur Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismida, Yevrosiyoning mo‘’tadil va subtropik kengliklarida, qisman Afrikada yashaydi. Rossiyalik olimlar ko‘p yillardan beri Grebe populyatsiyasini o‘rganib kelmoqda.

Ayni paytda mazkur qush tuman davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Tez orada tabiat qo‘yniga qaytarilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top