19:35 / 06.02.2023
17379

Qozog‘istonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Getty Images

Qozog‘istonning bir qator hududlarida yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Almati shahridan 628 km g‘arbdagi hududga to‘g‘ri kelgan. 5,4 magnitudali zilzila 5 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Silkinish Almati vaqti bilan soat 19:02 da qayd etilgan. Qozoq seysmologlarining ma’lumot berishicha, Chimkentda ham 2-3 balli zilzila sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral tongda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘lib, ko‘plab binolar vayron bo‘lgandi.

Top