13:16 / 08.02.2023
38472

Sharqiy va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishi bilan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Oybek Saidov

General-mayor Oybek Ozodovich Saidov 2017 yil oktyabrdan beri Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘z navbatida, polkovnik Farrux Ziyoboyev Saidov o‘rniga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi.

Farrux Ziyoboyev

Farrux Nortojiyevich Ziyoboyev ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari — Operativ bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, bungacha Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘lgan polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.

 

Lutfullo Buzrukov

Lutfullo Yusupovich Buzrukov 2018 yil yanvaridan buyon Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgandi.

  • Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14 yanvar kuni Oybek Saidov O‘zbekiston qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevdan general-mayor harbiy unvonini qabul qilib olgan edi
Mavzuga oid
Top