OAV: Netanyaxu sud islohotini to‘xtatib turadi
Isroil bosh vaziri koalitsiya rahbarlariga sud tizimidagi islohotlarni to‘xtatib turishi haqida aytdi, deb xabar berdi Isroilning Kan teleradioeshittirish korporatsiyasi.

Foto: Picture Alliance
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu koalitsiya yetakchilariga sud tizimidagi islohotlarni to‘xtatib turishini aytdi. 27 mart, dushanba kuni Isroilning Kan teleradioeshittirish korporatsiyasi shu haqda xabar berdi.
Netanyaxu rasmiy ravishda hali bayonot bermadi, OAV xabarlariga ko‘ra, u xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda. Bosh vazirning ommaviy axborot vositalari tomonidan ertalab e’lon qilingan nutqi boshqa vaqtga ko‘chirildi.
Islohotda vazirlar mahkamasining Oliy sud sudyalarini tayinlash bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish va ushbu sud organining vakolatlarini cheklash ko‘zda tutilgan edi. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, hukumat amalda sudyalarni tayinlash ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lardi. 20 fevral kuni Isroil parlamenti qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Isroilda 27 martdan boshlab «Milliy falajlik haftasi» e’lon qilindi - tanqidchilar demokratiyaga tajovuz deb baholagan islohotlarga qarshi qator namoyishlar va ish tashlashlar haqida ma’lumot berildi. Aksiyaga yirik kasalxonalar qo‘shila boshladi.
Bosh vazir mudofaa vaziri Yoav Galantni lavozimidan ozod qildi. 25 mart kuni u mamlakat hukumatini milliy xavfsizlikni saqlash maqsadida sud-huquq islohotlarini to‘xtatishga chaqirdi. «Mamlakat ichidagi bo‘linish Isroil mudofaa kuchlari va tuzilmalariga chuqur kirib bordi, bu Isroil xavfsizligiga aniq va jiddiy tahdid. Men bunga yo‘l qo‘ymayman», dedi u. The Jerusalem Post nashrining yozishicha, shundan so‘ng Netanyaxu Galantni o‘z xonasiga chaqirtirgan va shaxsan unga «ishonch yo‘qolgani haqida» aytgan.
Isroilda ommaviy norozilik namoyishlari yanvar oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Hegset: AQSh NATOga sodiq qoladi, lekin ittifoqchilardan ko‘proq xarajatlarni kutadi
Jahon | 15:00
-
Malayziya O‘zbekistonda "aqlli" fermer xo‘jaliklari yechimlariga sarmoya kiritadi
Iqtisodiyot | 14:52
-
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 14:50
Mavzuga oid

12:56
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti

11:56
Isroilni mustaqil tark etmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 2 ta yo‘nalish tavsiya qilindi

10:15
🔴 LIVE: Eron AQSh bilan to‘qnashadimi?

10:10