Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Isroilni tark etishlari mumkin:

  • «Menaxem Begin»/«Taba» — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida);
  • «Shayx Xusayn» — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o‘rtasida);
  • «Isxak Rabin»/«Vadi Arava» — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari o‘rtasida).

Ushbu chegara punktlari hozirda odatiy tartibda - 24 soat faoliyat ko‘rsatmoqda.

Misr orqali qaytishda

Yuqoridagi postlar orqali, xususan, «Menaxem Begin»/«Taba» nazorat-o‘tkazish punktidan Misrga o‘tganda O‘zbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib o‘tib, Misrga vizasiz («Sinay kirish muhri» orqali) kira oladi. «Sinay kirish muhri» — 14 kungacha faqat Sinay yarimoroli hududida bo‘lish huquqini beradi.

Bunda 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart. «Taba»dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud. Sharm ash-Shayx aeroportidan esa haftasiga 3 marta UzAirwaysʼning to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkentga reyslari bor. Shuningdek, Sharm ash-Shayxdan Istanbul orqali ham O‘zbekistonga qaytish mumkin.

Iordaniya orqali qaytish

O‘zbekiston fuqarolari «Shayx Xusayn» yoki «Isxak Rabin»/«Vadi Arava» nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Iordaniya poytaxtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanishi mumkin:

• «Ummon–Istanbul–Toshkent» yoki «Ummon–Dubay–Toshkent».

O‘zbekiston fuqarolari ushbu yo‘nalishda Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olishi kerak bo‘ladi:

Fuqarolar zarur hollarda O‘zbekiston elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin: