08:34 / 09.04.2023
7163

Qamchiqda harakatlanayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

Qamchiq dovonida 8 aprel kuni Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 19:50 da Toshkent—vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.

«Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Dovon yo‘lida ikkala tomonlama harakat davom etmoqda», — deyilgan vazirlik axborot xizmati xabarida.

Top