15:57 / 20.04.2023
10588

Ukraina: Rossiya Eron dronlarining yangi partiyasi bilan hujum qilmoqda

Eronning kamikadze uchuvchisiz uchoqlarining yangi partiyasini qabul qilib olgan Rossiya yaqindagi sukunatdan keyin Ukrainaga havo hujumlarini kuchaytirdi. Bu haqda Janubiy mudofaa kuchlarining birlashgan muvofiqlashtiruvchi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk milliy telemarafon efirida aytib o‘tdi.

Foto: AP

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi belgilarga ega «Shahed-136» dronlaridan foydalanish Mikolayiv va Odessa viloyatlarida qayd etilgan

Gumenyukning ta’kidlashicha, rossiyaliklar kamikadze dronlardan tinch aholi o‘rtasida keskinlikni saqlash, shuningdek, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va muhim infratuzilma obektlarini izlab topish uchun foydalanmoqda.

2022 yil oktyabr oyi boshidan beri Rossiya harbiylari Ukrainaning asosiy energetika infratuzilmasi obektlariga 1200 dan ortiq raketa va uchuvchisiz uchoqlar uchirgandi. Bunday ma’lumotlar «UkrEnergo» tomonidan kompaniya Ukraina energetika tizimi tarixidagi eng qiyin deb atagan isitish mavsumi tugashi munosabati bilan taqdim etilgan.

«UkrEnergo» ma’lumotlariga ko‘ra, 250 dan ortiq raketalar va dronlar o‘z nishonlariga tegib, asosiy tarmoq obektlarining qariyb 43 foiziga zarar yetkazgan. 

Mamlakatdagi barcha issiqlik va gidroelektr stansiyalari ma’lum darajada zarar ko‘rgan. Ayni paytda shikastlangan magistral tarmoqning qariyb 80 foizi allaqachon ishga tushirilgani xabar qilingan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top