«UkrEnergo» ma’lumotlariga köra, 250 dan ortiq raketalar va dronlar öz nişonlariga tegib, asosiy tarmoq obektlarining qariyb 43 foiziga zarar yetkazgan.
Mamlakatdagi barça issiqlik va gidroelektr stansiyalari ma’lum darajada zarar körgan. Ayni paytda şikastlangan magistral tarmoqning qariyb 80 foizi allaqaçon işga tuşirilgani xabar qilingan.
Avvalroq Ukraina harbiy-havo kuçlari vakili Yuriy Ignat Rossiya Qurolli kuçlari uzoq masofali bombalardan faol foydalanayotgani, Ukraina Qurolli kuçlari ularni qaytara olmasligi töğrisida ma’lum qilgandi.
«Tinçlik yöq. Duşman aviatsiyasi, afsuski, işlamoqda va keça bir neça bor xabarlarda aytilgan ediki, ular önlab kilometrlar, taxminan 70 kilometrgaça uça oladigan maxsus bombalardan foydalana boşladi. Duşman kuniga 10-15 tadan 20 tagaça bombani bizning havo mudofaa tizimimizning kiriş imkoni deyarli yöq bölgan hududlarga Su-35, Su-34 samolyotlaridan taşlamoqda, bu demarkatsiya çiziği böylab röy beryapti», dedi Ignat.
Uning sözlariga köra, bu Ukraina uçun yangi tahdid bölib, unga zudlik bilan javob beriş kerak, ammo hozirça buning oldini oladigan heç narsa yöq.
«Bu samolyotlarni çegaralarimizdan uzoqlaştiriş uçun bizga Patriot kabi uzoq masofali uçuvçi tizimlar va havo mudofaa tizimlari kerak. Albatta, bizga uzoq masofalarda «havo-havo» raketalarini işlata oladigan qiruvçilar ham kelişi lozim», - deya ta’kidlab ötdi Ignat.


















