13:52 / 25.04.2023
9120

Moskva viloyatida qulab tushgan uchta dron topildi

Foto: RIA Novosti

Moskva viloyatida qulab tushgan uchta kvadrokopter kameralar va kelib chiqishini tasdiqlovchi belgilarsiz topildi, deya xabar bermoqda TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib

Barcha dronlar Moskva viloyatining turli hududlarida topilgan va «ulardan biri Bogorodsk okrugida portlovchi moddalar topilgan Ukraina samolyoti tipidagi dron halokatga uchragan joydan unchalik uzoq emas», deyiladi agentlik xabarida.

24 aprel kuni Moskva viloyatining Bogorodskiy shahar okrugida dron qulab tushgandi. Dron Noginsk yaqinida qulagan, UUA mahalliy aholi tomonidan o‘rmondan topilgan

Telegram-kanallar ma’lumotlariga ko‘ra, UUA 17 kg portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan. Gap Ukrainada ishlab chiqarilgan UJ-22 Airborne droni haqida ketmoqda. Bunday dronning uchish masofasi 800 kilometrgacha. 

Ilgari bunday dron Moskva viloyatining Kolomenskiy tumanida, Gubastovo qishlog‘i yaqinidagi «Gazprom» gaz kompressor stansiyasi hududiga qulagan edi, deb eslatib o‘tgan «Novaya gazeta Yevropa». 

Mavzuga oid
Top