Oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashishi davom etyapti – MHTI
Aprel oyida baliq mahsulotlari 3400 so‘mga, mevalar 393 so‘mgacha, un 1375 so‘mgacha arzonlashgan.

Aprel oyining 2 haftalik oziq-ovqat mahsulotlari narxi solishtirib chiqilganda baliq, meva, tort, shirinliklar va un narxlari pasaygani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari kuzatuvlarini e’lon qildi.
Institut ma’lumot berishicha, tahlil uchun supermarketlardagi 100 turdagi 6483 ta iste’mol tovarlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar web-scraping yo‘li bilan yuklab olingan. Har bir tovar turi bo‘yicha 2023 yilning 7, 14 va 20 aprelidagi narxlar solishtirilgan.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, baliq mahsulotlari 14 aprelda 7 apreldagiga nisbatan o‘rtacha 188 so‘mga, 21 aprelda esa 7 apreldagiga nisbatan 3400 so‘mga, mevalar tegishli ravishda 36 so‘mga va 393 so‘mga, tort va shirinliklar 126 so‘mga va 257 so‘mga, un 333 so‘mga va 1375 so‘mga arzonlashgan.
Ma’lumot uchun, prezident farmoni bilan 2024 yil 1 yanvargacha 36 turdagi tovarlar guruhiga nisbatan bojxona bojlari olib tashlangandi. Shundan keyin imtiyozli asosda import qilinayotgan tovarlarning 24 turi bo‘yicha narxlar arzonlashgani ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda
Jahon | 01:36
-
AQSh «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratadi
Jahon | 00:33
-
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi
Fan-texnika | 00:10
-
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:55 / 22.03.2025
Mavzuga oid

11:25 / 08.09.2023
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi

15:24 / 26.01.2022
Blekaut sabab bozorda mahsulotlar narxi oshib ketmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

19:13 / 05.11.2021