AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerikada Isroilning «Temir gumbaz»iga öxşaş tizim yaratişni mamlakat xavfsizligining asosiy ustuvor yönalişlaridan biri deb hisoblaydi. Tramp Mudofaa vazirligi budjeti qisqartirilişi ehtimoliga qaramay, «Oltin gumbaz»ni yaratiş niyatida, deb xabar berdi CNN.

Telekanal AQŞ prezidenti rasmiylarga tizimni yaratiş xarajatlarini 2026-2030 yillarga möljallangan budjetga kiritiş haqida körsatma berganini da’vo qilmoqda. Şu bilan birga, Oq uyda tizim qanday körinişi va işlaşi haqida aniq loyiha yöq. «Hozir «Oltin gumbaz» şunçaki ğoya», dedi naşrga Amerika ma’muriyatidagi manba.

Uning sözlariga köra, bunday noaniqlik tizim budjeti hajmini baholaşni «deyarli imkonsiz» qiladi. Manba, şuningdek, AQŞ Isroil tajribasidan samarali nusxa köçira olmaydi, deb da’vo qilmoqda. Bu mamlakatlarning kattaligi va logistikadagi qiyinçiliklar bilan boğliq.

Prezident sifatida inauguratsiya qilinganidan keyingi birinçi haftada Donald Tramp Qöşma Ştatlarni himoya qiliş uçun raketaga qarşi mudofaa tizimini yaratiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bloomberg xabariga köra, bunday tizimni 2030 yilgaça joriy etiş yiliga 100 milliard dollarga tuşadi.