08:49 / 13.05.2023
5666

O‘zbekistonda temiryo‘l transportidan bir kunda qancha yo‘lovchi foydalanishi ma’lum qilindi

Temiryo‘l transportidan bir kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi foydalanishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2023 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temiryo‘l transporti orqali 2,5 mln yo‘lovchi tashilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 402 mingtaga oshgan.

2023 yil yanvar-mart oylarida bir kunda o‘rtacha 27,8 ming nafar yo‘lovchi temiryo‘l transportidan foydalangan. 

Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 mingtaga oshgan.

Top