Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temiryo‘li qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi
Ofisda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va amaliy bajarilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muvofiqlashtiriladi.
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
12 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temiryo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev, transport vaziri I.Maxkamov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi A.Xashimov, «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi o‘rinbosari A.Kamalov, Pokiston elchisi A.Faruq, Afg‘oniston elchisi A.Ilmiy va Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi raisi B.Sharofat ishtirok etdi.

Loyiha ofisining tashkil etilishidan maqsad - loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va loyihaning amaliy bajarilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.

2023 yil 11–12 may kunlari ushbu temiryo‘l liniyasini qurish loyihasini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Unda tomonlar loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Mavzuga oid
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
19:01 / 12.01.2026