14:25 / 15.05.2023
5951

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari hamkorligida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Toshkent harbiy okrugining «Angren» dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining hamkorligidagi «Qalqon-2023» maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: yuz.uz

Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokir Sayfiddinov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro harbiy sohada bunday yaqin hamkorlikning o‘rnatilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlab o‘tdi.

Hamkorlikdagi mazkur o‘quv mashg‘ulotlari o‘zbek-qozoq harbiy xizmatchilari uchun o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, eng muhimi, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Top