1-sinf o‘quvchilari uchun informatika fani joriy etiladi
Yangi o‘quv yilidan 1-sinf o‘quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fani joriy etiladi. Bu maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023/2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘ida nazarda tutilgan.

Foto: Kun.uz
Respublika ta’lim markaziga tayanch o‘quv reja asosida tegishli taqvim-mavzu rejalarini ishlab chiqish, 1-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi, o‘quv dasturi, davlat ta’lim standartlari va taqvim-mavzu rejalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritish topshirildi.
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutiga:
- boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanini zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish va o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari dasturini ishlab chiqish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 1-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitadigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qisqa muddatli o‘quv kurslariga qamrab olish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- 2023 yil 25 avgustga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fani mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Eron parlamenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 10:28
-
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi
Sport | 10:10
-
Medvedev Yaqin Sharqdagi mojaro global mojaroga aylanib ketishi mumkinligini aytdi
Jahon | 09:26
Mavzuga oid

20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi

11:07 / 18.09.2023
«Orzum olimpiadada medal olish edi» - O‘zbekiston uchun tarixiy natija qayd etgan informatika olimpiadachilari bilan intervyu

14:59 / 11.09.2023
O‘zbekiston 2026 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qilishi mumkin

15:16 / 03.09.2023