O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
Ular Andijon shahridagi Prezident maktabi hamda Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilaridir.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etgan to‘rt nafar o‘quvchidan ikki nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ular:
- Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
- Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
Prezidentning «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar BHMning 200 baravari (66 million so‘m), ustozi 150 baravari (49,5 million so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘zbekisonlik o‘quvchilar 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Mavzuga oid

17:01 / 30.05.2025
Gretsiyada birinchi marta robotlar olimpiadasi o‘tkaziladi

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

16:56 / 11.11.2024
Toshkentlik o‘qituvchi olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilari uchun 1 milliard so‘m mukofot puli oldi

20:43 / 09.11.2024