Reyting quyidagi asosiy yönalişlardagi erişilgan natijalar böyiça tuziladi:

  • davlat organlarining inson resurslarini boşqariş va rivojlantiriş samaradorligi;
  • davlat xizmatlarini körsatişning tezkorligi va sifati;
  • davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligi;
  • davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligi;
  • davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining raqamlaştirilganlik darajasi;
  • respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari va ular örinbosarlarining faoliyati samaradorligi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar bilan joriy etilgan hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyati bilan boğliq bölgan boşqa reytinglar.

Reyting natijalariga köra quyi poğonadagi davlat idoralarining iş usullarini özgartiriş, boşqaruv jarayonlarini optimallaştiriş (BPR-reinjiniring) çoralari amalga oşiriladi hamda hukumat majlislarida rahbarlar faoliyatiga baho berib boriladi.