Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Yaqin Sharqdagi mojaro global mojaroga aylanib ketishi mumkinligini aytdi
«Isroil va Eron o‘rtasidagi bu tartibsizliklar qanchalik bema’ni ko‘rinmasin, bizning ishimizga zarar keltirmasligi aniq» - Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Foto: Yekaterina Shtukina/ POOL/ TASS
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aytishicha, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik global mojaroga aylanib ketish xavfini tug‘diradi.
«Isroil va Eron o‘rtasidagi bu tartibsizliklar qanchalik bema’ni ko‘rinmasin, bizning ishimizga zarar keltirmasligi aniq», — deb yozdi siyosatchi o‘zining Telegram-kanalida.
Uning ta’kidlashicha, aksariyat amerikaliklar Ukraina qayerdaligini ham bilmaydi va «o‘ziga begona bo‘lgan mojaroga pul sarflashni umuman istamaydigan AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi hozir juda tarang ahvolda».
«Bu yerdagi masala esa sal boshqacharoq — begona bo‘lmagan Isroil. Xo‘sh, endi ular o‘zlarining sevimli loyihalari bilan shug‘ullansin. Faqat bitta aniq xavf bor — Yaqin Sharq mojarosining global miqyosga o‘tishi, aytmoqchi, bu haqda Trampning o‘zi doimo gapiradi», — dedi Medvedev.
Siyosatchi, shuningdek, Kiyevning «iflos bomba»ni yaratish va undan foydalanish bo‘yicha ehtimoliy urinishlariga ham izoh berdi.
«Bu, albatta, o‘ta xavfli provokatsiya bo‘lardi, unga mutanosib ravishda javob berish kerak edi. Nima bilan? Toza bomba: TYaQ (taktik yadro quroli). Bizda u yetarlicha bor. Bu davlat rahbari gapirgan javob», — dedi Medvedev.
Mavzuga oid
13:20
Sayyoraning eng muhim qontomiri: Xo‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish Eron uchun qanchalik ahamiyatga ega?
12:59
Trampning tahdidlari va «Hizbulloh» ham urushga qo‘shilishi. So‘nggi ma’lumotlar
11:16
Rubio: AQSh Eronda rejim ag‘darilishidan umidvor, ammo bu “missiya”ning rasmiy maqsadi emas
10:42