14:45 / 24.05.2023
6230

4 oyda 81 mln dollarlik elektromobillar olib kelindi

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 81,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 544 dona elektromobil import qilgan.

Foto: AP

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815 taga oshgan.

O‘zbekiston 2023 yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan 876 dona elektromobil import qilgan.

O‘zbekiston 4 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 2 278 ta;
— Hongkong – 202 ta;
— Germaniya – 32 ta;
— BAA – 16 ta;
— Koreya – 9 ta;
— AQSh – 4 ta.

Avvalroq O‘zbekistonda 4 oyda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni ma’lum qilingandi.

Statistika agentligiga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan — 27 739 dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: Lacetti-Gentra - 20 673 dona; Damas - 19 052 dona; Tracker - 3 618 dona; Onix - 3 104 dona; Nexia T-250 - 1 985 dona; maxsus yengil avtomobillar - 7 194 dona.

Top