14:15 / 24.05.2023
29265

O‘zbekiston 4 oyda Rossiyaga 790 mln dollarlik mahsulotlar sotdi

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 789 mln dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 591 mln hamda 450 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Turkiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

—  Qozog‘iston – 427 mln;
—  Afg‘oniston – 257,3 mln;
—  Qirg‘iziston – 236 mln;
—  Tojikiston – 175,3 mln;
—  Fransiya – 120,3 mln; 
—  BAA – 72 mln;
—  Eron – 67 mln AQSh dollari.

Bundan oldin O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 3,3 mlrd dollar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 2,9 mlrd hamda 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Top