Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyat IIBning korrupsiyada gumonlanayotgan sobiq xodimlari sudlanmoqda
Andijon viloyati prokuraturasi tergov yakunlariga ko‘ra IIBning bir guruh mansabdorlari boshqarmaning depozit hisobidagi 5,6 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilganini tasdiqlangan. Garov pullarini soxta hujjatlar orqali o‘zlashtirgani aytilayotgan mansabdorlar ishi hozirda Baliqchi tuman sudida ochiq holda ko‘rilmoqda.
Foto: KUN.UZ
Andijon viloyat IIBning bir guruh mansabdorlari IIBning depozit hisob raqamidagi 5 mlrd 654 mln so‘m mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgani xabar qilingan edi. Ular garov pullarini soxta hujjatlar orqali 138 nafar fuqaroning bank kartalariga o‘tkazib, naqdlashtirib olganlikda gumonlanyapti.
Andijon viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, tergov natijasiga ko‘ra, viloyat IIB Moliya ta’minot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari M.M. va boshqalarga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.
Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hozirda mazkur jinoyat ishi JIB Baliqchi tumani sudida ko‘rib chiqilmoqda.
Ish hujjatlari ko‘pligi bois sud jarayonlari hali nihoyasiga yetmagan. Ochiq ko‘rilayotgan navbatdagi sud majlisi 2023 yil 4 avgust kuni JIB Baliqchi tuman sudida bo‘lib o‘tadi.
Sudlanuvchilar iltimosiga ko‘ra, jarayonni video yoki fotoga olish mumkin emas, lekin kirib qatnashish mumkin.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
17:49 / 08.01.2026
Sirdaryoda tadbirkorlar mulki sud qarorisiz buzilmoqda. Shikoyatchilar bilan IIB “shug‘ullanyapti”
14:55 / 01.01.2026
Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yubordi. Bir kishi vafot etdi
09:00 / 28.12.2025