Toshkent Kimyo xalqaro universitetida DTM natijasi bilan talaba bo‘lish imkoniyati
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti davlat imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarga UZBMB (DTM) natijasi bilan universitetda mavjud vakant o‘rinlar uchun imtihonsiz qabul e’lon qiladi.
Buning uchun siz DTM, ya’ni hozirgi bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil qilingan test sinovida to‘plagan ballingizni tasdiqlovchi hujjatni Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga olib kelishingiz kifoya. Abituriyentlar uchun 2023 yilning 22 avgust kunidan https://t.me/kiut_dtm_bot telegram-bot orqali onlayn tarzda, 24 avgustdan boshlab oflayn tarzda hujjat topshirish boshlanadi.
Universitetda 29ta ta’lim yo‘nalishida, kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim shakllarida:
- O‘zbek
- Ingliz
- Rus tillarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’lim, fan va texnika sohalaridagi so‘nggi yutuqlarni hisobga olgan holda rivojlangan davlatlar, jumladan, Koreya va Yevropa mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan kredit-modul tizimiga asoslangan ta’lim dasturlarini amalga oshirishda davom etmoqda.
Universitet ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va universitet tomonidan berilgan diplom O‘zbekiston hududida to‘liq tan olinadi.
Univertitet talabalariga davlat va ta’sischilar tomonidan grant va moliyaviy ko‘mak beriladi va iqtidorli talabalar muntazam ravishda hamkor kompaniyalar tomonidan ishga taklif qilinadi. Shuningdek, Janubiy Koreya, AQSh, Latviya, Bolgariya, Turkiya va Italiyaning xalqaro hamkor universitetlari bilan qo‘shma dasturlar mavjud.
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasida birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarga ega.
Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Web-page: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Facebook: facebook.com/kiut.uz
Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal
Reklama
Tavsiya etamiz
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi
O‘zbekiston | 10:43 / 21.02.2025
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
O‘zbekiston | 10:04 / 21.02.2025
«Zelenskiy saylanmagan diktator» – Trampning chiqishlaridan Kremldagilar ham hayratda
Jahon | 22:20 / 20.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda uchib yurgan kalxat hayvonot bog‘iga qaytarildi
Jamiyat | 16:41
-
Ekologik ekspertiza o‘tkazilishi shart bo‘lgan obektlar belgilandi
O‘zbekiston | 16:36
-
Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi
Jahon | 16:33
-
Xitoyda kompaniya bo‘ydoq xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi
Jahon | 16:31
Mavzuga oid

15:00 / 14.02.2025
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

19:00 / 15.01.2025
Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining 250 dan ortiq talabalariga grantlar taqdim etildi

19:00 / 01.12.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda

17:00 / 04.11.2024