«Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholaş va strategik ekologik baholaş töğrisida»gi qonun qabul qilindi.

Qonunga köra, ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi tarzida amalga oşiriladi.

Ekologik ekspertiza obektlari quyidagilardan iborat va ular davlat ekologik ekspertizasidan ötkazilişi şart:

- barça turdagi qurilişlar uçun yer uçastkalarini tanlaş va ajratiş materiallari;

- loyihaoldi va loyiha hujjatlari;

- tabiiy resurslardan foydalaniş bilan boğliq bölgan xöjalik faoliyatini hamda boşqa faoliyatni tartibga soluvçi normativ-texnik va yöriqnoma-uslubiy hujjatlar, şu jumladan texnik reglamentlar va şartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yöriqnomalarning loyihalari;

- çiqindilarni zararsizlantiriş, qayta işlaş va utilizatsiya qiliş uçun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratiş böyiça hujjatlar;

- atrof-muhitning holatiga va inson soğliğiga salbiy ta’sir körsatuvçi işlab turgan korxonalar hamda boşqa obektlar;

- maxsus huquqiy rejimga ega bölgan obektlar.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholaş va strategik ekologik baholaş sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuçga ega böladi:

- atrof-muhitga ta’sirni baholaş materiallari böyiça – xulosa berilgan kundan e’tiboran 3 yil mobaynida;

- ekologik normativlar loyihalari böyiça – xulosa berilgan kundan kundan e’tiboran 5 yil mobaynida.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.