Yangi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimçalar kiritildi.
Ularga köra, quyidagilar uçun ma’muriy javobgarlik belgilandi:
🔹Yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oşganligi uçun ma’muriy jazo qöllanişi. Bunda:
➖Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uçun transport vositasining haydovçisiga nisbatan mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uçun hisoblanadigan jarima ballining eng yuqori miqdori 2 balldan oşmasligi kerak;
➖Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinçi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uçun hisoblangan jarima ballari bir yil ötgaç transport vositasining haydovçisidan avtomatlaştirilgan tarzda yeçiladi;
➖Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oşgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uçun belgilangan tartibda qöşimça jazo tariqasida haydovçi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qiliş muddati 6 oydan kam bölmasligi belgilandi.
🔹Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilği aralaşmasida işlaydigan transport vositalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uçun;
🔹Transport vositasida odam taşiş qoidalarini buzganlik uçun;
🔹Transport vositalarini quvib ötiş qoidalarini buzganlik uçun;
🔹Yöl bezoriligi uçun;
🔹Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obrösizlantirilişiga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik uçun.












