Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumanidagi metro bekati yaqinida kalxat yirtqiç quşi uçib yurgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Toşkent hayvonot boği ma’muriyati xabariga köra, kalxat «öz uyiga» qaytarilgan.

«Bizning Qumoy Ğöşa kiçik sarguzaştga otlangan körinadi! U bir neça kun şaharni örgandi, lekin oxir-oqibat öz uyidan yaxşi joy yöqligini tuşundi. Toşkent hayvonot boği va Ekologiya vazirligi xodimlari uning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bordi va kerakli paytda unga uyga qaytişga yordam berdi. Ğöşa qanotlari katta bölsa-da, u hayvonot boğida ösgan va yovvoyi tabiatda yaşaşga moslaşmagan. Bu yerda unga kerak bölgan hamma narsa bor: mutaxassislarning ğamxörligi, töğri tanlangan ovqatlar va özini qulay his qiladigan şaroit. Endi Ğöşa yana uyida – hordiq çiqarib, töyib ovqatlanib, qaytganidan mamnun körinadi!», deyiladi xabarda.

Kalxatning hayvonot boğini qanday tark etgani haqida ma’lumot xabarda keltirilmagan.