Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 6 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi
Toshkent shahrida 24-25 oktyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Foto: Kun.uz
56-sonli “Tarixteshar mahallasi – Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati bir tomonlama Furqat va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali Chorsu savdo markaziga chapga harakatlangan holda o‘zgartiriladi.
60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” avtobus yo‘nalishining harakati ikki tomonlama Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur, Islom Karimov ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.
95-sonli “Yunusobod 15-dahasi – Aviasozlar AShB” avtobus yo‘nalishining harakati ikki tomonlama Parkent, Kichik halqa yo‘li, Katta Darxon, Oqqo‘rg‘on, Osiyo ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.
16-sonli “Navro‘z bozori – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Navro‘z bozoridan TTZ AShBgacha uzaytiriladi.
103-sonli “Do‘mbirobod mavzesi – Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati Do‘mbirobod mavzesidan Chilonzor buyum bozori AShBgacha uzaytiriladi.
148-sonli “Mirishkor mahallasi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Mirishkor mahallasidan Olmos mahallasi hududigacha uzaytiriladi.






Mavzuga oid
10:20
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
18:20 / 19.01.2026