24 Fevral

2022 yilda O‘zbekistonda mehnat resurslari soni qariyb 19,5 mln kishini tashkil etgan.

2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 396 520 tani tashkil etmoqda.

23 Fevral

Farg‘onadagi hayvonot bog‘ida Qozog‘istondan keltirilgan Maksim laqabli jirafa nobud bo‘ldi. U yanvar oyida O‘zbekistonda kuzatilgan sovuq kunlarda shamollab qolgan.

16 Fevral

Sozanda Abduhoshim Ismoilovning 70 yoshli yubileyini nishonlash uchun shu yil yanvar-fevral oylarida Farg‘onada 89 mln so‘m, Namanganda 150 mln so‘m ajratildi. Musiqachi 70 yoshini o‘tgan yilning 9 iyunida qarshi olgan va bu o‘sha paytda ham budjet pulidan nishonlangan.

Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan talaba Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqichida o‘qigan. 21 yoshli yigit oraliq imtihonlarni topshirolmagani uchun otasidan tanbeh eshitib, o‘z joniga qasd qilgan va shifoxonada jon bergan.

15 Fevral

Yanvar oyida qaysi hududda eng yuqori tug‘ilish darajasi kuzatilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

12 Fevral

Mirolim G‘oziyev asli Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidan. So‘x tumanining Oftobro‘ qishlog‘idagi oilaviy shifokorlik punktida ishlaydi. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan shifokor bir necha yildan buyon uyidan 200 km olisda yashab, faoliyat yuritmoqda.

11 Fevral

Qaysi hududda nikohdan ajrashish darajasi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

5 Fevral

Toshkentda voyaga yetmagan qizning avval zo‘rlanib, so‘ng o‘ldirib ketilishi atrofidagi muhokamalar bir necha kundirki davom etmoqda. Faollar bu hodisadan tegishli saboq chiqarish shartligi, fojiaga ko‘p yillardan beri e’tiborsiz qolayotgan ko‘plab muammolar sabab bo‘lganini ta’kidlashgan.

4 Fevral

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlarida narkotik moddalar musodara qilindi.

2 Fevral

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.

Bir vaqtlar yopilgan, hajmi 2,5−3 mlrd kub metr bo‘lgan Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushishi ma’lum qilindi. Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelishib olingan.

Ko`proq yangiliklar
Top