Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatidagi hayvonot boğida Maksim laqabli jirafa nobud bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Hayvonot boği direktori Tursunali Mamajonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda holatni tasdiqladi.

«Jirafaning xonasi kiçikroq böladi. Şuning uçun Maksimni tez-tez toza havoga, şamollatişga olib çiqib turardik. Lekin oxirgi paytlarda u köp yotadigan bölib qoldi, ovqat yeyişi ham özgargandi. Şu holda oradan ikki, uç kun ötgaç, 20 yanvar ertalab uning ölib qolganini kördik.

Jirafa şamollaşdan ölganini faqatgina mutaxassislarni çaqirtirib, jasadini tekşirtirganda bildik. Göştini esa hayvonlarga tarqatdik», — dedi Mamajonov.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Hayvonot boği direktoriga köra, Özbekistondagi sovuq kunlar davomida boşqa mayda jonzotlar, xususan, bir neça quş ham nobud bölgan, ammo yirik hayvonlarga zarar yetmagan.

Tursunali Mamajonov prezident Şavkat Mirziyoyevning Farğonaga taşrifida viloyat hayvonot boğini kengaytiriş va hayvonlar sonini köpaytiriş uçun ham mablağ ajratilganini ma’lum qildi.

“Hayvonot boğini kengaytiriş va yangi hayvonlar olib keliş uçun 15 mlrd ajratiladigan böldi. Ammo quriliş qaçon boşlanişi hali noaniq”, – dedi u.

Avvalroq “Xalq sözi” naşri Farğona viloyatidagi hayvonot boği muammosi, jumladan, «Farğona hayvonot boği» MÇJning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasiga oid muammolarga e’tibor qaratgan edi.

Şuningdek, Toşkent hayvonot boğidagi Alatau laqabli jirafa ham miya işemiyasi sabab nobud bölgandi. 

U Toşkentga Olmaota hayvonot boğidan, sovğa sifatida yuborilgan bölgan.