Prezidentning 2020 yil 8 avgustdagi qaroriga köra, Söx tumanida joylaşgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan şifokorlarning lavozim maoşlariga sohadagi iş stajining birinçi uç yili uçun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz, har bir keyingi ikki yil uçun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng köp miqdori 100 foiz bölişi belgilangan. 

Prezident tegişli farmoniga asosan 2021 yildan olis va çekka hududlarda aholi tibbiy xizmat olişi uçun şaroit yaratiş maqsadida “Qişloq şifokori” dasturi joriy etilgan edi. Mirolim Ğoziyev uyidan 200 kilometr olisda joylaşgan Söx tumanida faoliyat yuritmoqda. Ikki nafar farzandning otasi.

“Maktabni tamomlab, Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil oldim. Bir muddat Qöqon şahri, Furqat, Özbekiston tumanlarida işladim. 2018 yilda Söx tumanida faoliyat yuritiş istagida bölgan şifokorlar oyligiga qöşimça ustama haqi berilişi haqida eşitdim. Töğrisini aytganda, özimizning tumanda işlayotgan paytda maoşim kam edi.

2018 yilda Söx tumaniga oilam bilan köçib ötib işlaşga qaror qildim. Mahalliy hokimiyat tomonidan berilgan mablağlar evaziga moddiy holatimiz ança yaxşilandi. Dastlab kelganimda ijara uyda yaşadim. Ayniqsa, Vodil qişloği orqali Qirğiziston çegarasidan ötib, Söxga yetib keliş azob edi.

Yangiariq qişloğidan xizmat uyi berişdi. Oilam bilan bir muddat şu yerda yaşadik. “Qişloq şifokori” dasturi asosida viloyat hokimi bilan şartnoma tuzganimdan keyin 30 million söm pul berişdi. Maoşimdan jamğarib yurgan mablağga qöşib, maşina va keyinçalik şifoxonaga yaqin joydan yangi qurilgan uylardan ipoteka krediti asosida 3 xonali uy sotib oldim.

Ayni kunda 10 million söm atrofida maoş olaman. Turmuş örtoğim hamşira. Hozirda uyda farzand parvariş qilyapti. U şu yili oliygohga imtihon topşirib, nasib qilsa oliy ma’lumotli şifokor bölmoqçi.

Ustama haqida gapiradigan bölsam, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan şartnoma tuzganmiz. Unga köra tumanda 3 yil işlagan xodim 30 million söm mablağ olişi belgilangan. Aprel oyida şartnoma tuzgan bölsak, may oyida 30 million söm naqd körinişda pul oldik.